O‘zbekiston | 14:10 / 01.12.2017
5501
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo forumi 2018 yilda mamlakatimizdagi viloyatlarning birida bo‘lib o‘tadi

Foto: Kun.uz

2017 yilning 5 aprelida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va RF Prezidenti V.V.Putin uchrashuvi yakunlariga ko‘ra erishilgan ikki davlat rahbarlari ishtirokidagi Mintaqalararo forum O‘zbekiston va Rossiya mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlik rivoji uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi. 

Taxminlarga ko‘ra, forum 2018 yilda bo‘lib o‘tadi. Uning qayerda bo‘lishi borasida aniq to‘xtamga kelinmagan, biroq bu O‘zbekiston viloyatlaridan biri bo‘lishi aytilgan, xususan Buxoro, Xorazm va Samarqand tilga olingan. KUN.UZ muxbiri Federatsiya Kengashining mintaqaviy siyosat, mahalliy boshqaruv va Shimol ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Chernetskiy Arkadiy Mixaylovich bergan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

O‘zbekiston va Rossiya mintaqalari o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik borasida bir necha yo‘nalishni ko‘rsatish mumkin:

1.  Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish;
2.  Qazib olinuvchi sanoat, neft va gaz sektori;
3.  Paxta va yengil sanoat tovarlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni tashkillashtirish;
4.  O‘rmon sanoati tashkilotlarining yog‘ochni chuqur qayta ishlash borasida hamkorlik qilishi;
5.  Issiqlik elektr energiyasini ishlab chiqish texnologiyalarining joriy qilinishi;
6.  Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida gumanitar va ilmiy-texnik yo‘nalishdagi hamkorlikni kuchaytirish;
7.  Turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish. 

Rossiya tomon mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p tarmoqli hamkorlik muvaffaqiyatli va dinamik rivojlanishiga ishonch bildirdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid