JCh-2018 qur'asida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng kuchli va eng kuchsiz guruhlar
Bugun, 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 guruh bosqichi qur'asi oldidan, ishtirokchi terma jamoalar joylashgan savatchalar bo‘yicha tahlil qilish va nazariy tomondan qanday raqiblar to‘qnash kelishi mumkinligi va eng kuchli, eng kuchsiz ehtimoliy guruhlar tarkibi haqida so‘z yuritishdan zarar yo‘q.
Qo‘yida ushbu qur'a savatchalari e'tiboringizga havol qilinmoqda.
Yevropa darajasida aslida o‘rtamiyona hisoblanadigan Polsha terma jamoasi 1-savatchadan joy olganini hisobga olsak, qur'a natijasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng kuchsiz guruhni taxmin qilish mumkin. Masalan, tarkibi Polsha, Peru, Kosta-Rika va Saudiya Arabistoni terma jamoalaridan iborat guruh tuzilib qolish ehtimoli mavjud, albatta.
Shuningdek, 2-savatchada ham juda kuchli terma jamoalar borligini nazarda tutgan holda, shakllanishi mumkin bo‘lgan eng kuchli guruhni tuzib ko‘ramiz – Braziliya. Angliya, Daniya, Nigeriya.
Bu guruh bilan ayni paytda, Argetina, Ispaniya, Shvetsiya va Yaponiya terma jamoalaridan iborat yana bir qiziq guruh hosil bo‘lish haqiqatdan u qadar uzoq emas.
Bundan tashqari, bir qator azaliy raqiblarning guruh o‘yinlaridanoq to‘qnash kelib qolishlari mumkinligini ham ta'kidlash kerak. Masalan, Angliya va Argentina o‘rtasidagi raqobat ayniqsa, jahon chempionatlari o‘yinlarida juda keskin tus olishi ma'lum. Bu jamoalar turli savatlarda joylashganliklari tufayli, ularni ham bugungi qur'a guruh bosqichida ro‘baru qilishi mumkin.
Mavzuga oid
22:27 / 29.08.2024
YeChLga qur’a tashlandi - har bir klub 8 tadan raqibini bilib oldi
17:23 / 29.08.2024
Yangicha YeChL qanday bo‘ladi - turnir yangi formati haqida asosiy ma’lumotlar
17:37 / 01.09.2023
«O‘lim guruhi»da kimlar omon qoladi? «Barsa» pley-offga chiqadimi? YeChL qur’asi bo‘yicha asosiy savollar
17:27 / 17.03.2023