17:50 / 02.12.2017
15903

Autsorsing tizimi Mudofaa vazirligi bo‘linmalarida sinovdan o‘tmoqda

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bugungi kunda respublikada oziq-ovqat mahsulotlari me'yorining quvvati MDH davlatlari orasida eng ko‘p quvvatlilaridan biri ekanligining o‘ziyoq harbiy xizmatchilarning to‘liq va sifatli ovqatlanishlarini ta'minlashga alohida e'tibor berilayotganiga yaqqol dalil bo‘ladi. Yanada kaloriyali ovqatlanish ratsioni kiritish borasidagi ishlar davom ettirilib, oziq-ovqat ta'minotini takomillashtirish maqsadlarida qo‘shma qarorlar asosida harbiy xizmatchilarning oziq-ovqat ta'minoti to‘g‘risidagi yangi qoida, shaxsiy tarkib ovqatlanishini tashkil qilish bo‘yicha umumiy talablar, shuningdek, mahsulotlarga ishlov berish va ovqat tayyorlash texnologiyalari qoidalari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda oshxonalarni zamonaviy  texnologik jihozlar, yuqori sifatli idish-tovoqlar  bilan ta'minlash borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, harbiy xizmatchilarning to‘liq va sifatli ovqatlanishlari uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Ishlab chiqaruvchilarni tanlash imkoniyati mavjudligi yetkazib berilayotgan oziq-ovqatlar sifatini nazorat qilib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadlarda barcha qo‘shin omborxonalari oziq-ovqat mahsulotlarining fizik-kimyoviy xususiyatlarini puxta tahlil qilish imkonini beruvchi eng zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlanmoqda.

Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va bo‘linmalariga autsorsing tizimini joriy qilish borasidagi sa'y-harakatlar ham aynan Vatan himoyachilarining oziq-ovqat ta'minoti sifatini yanada yaxshilash, oshxonalar taomnomasini kengaytirishga qaratilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakultetida Mudofaa vazirining o‘rinbosarlari polkovnik D. Muratov va mayor J. Melibayev hamda poytaxtdagi umumiy ovqatlanish korxonalari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir ham shunga qaratildi. Unda oliy harbiy ta'lim muassasasidagi oziq-ovqat tizimi, kursantlar oshxonasi faoliyati o‘rganildi. Korxona vakillari va vazirlik mas'ul ofitserlari o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ta'kidlash joizki, bu kabi tadbirlar qator harbiy qism va muassasalarda o‘tkazilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, qisqa vaqt ichida autsorsing tizimini tahlil qilish va tekshirish ishlari yakunlangach, u belgilangan obektlarda joriy etiladi.

Mavzuga oid
Top