Hukumatning tegişli qarori bilan ijro etuvçi hokimiyat organlari va davlat korxonalarida autsorsing xizmatlarini taşkil etiş mexanizmlarini takomillaştiriş çora-tadbirlari tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq, autsorsing orqali amalga oşiriladigan xizmatlar qatoriga bino va inşootlarni saqlaş, hududlarni obodonlaştiriş, sanitariya-gigiyena işlari, oziqlantiriş xizmatlari, axborot texnologiyalari, arxiv işlari, transport va logistika, laboratoriya hamda tahlil xizmatlari kabi yönalişlar kiritildi.
Qaror bilan autsorsing xizmatlarini tanlaş, şartnoma tuziş, ijroni baholaş va monitoring qilişning yagona tartibi ham belgilandi. Bunda davlat buyurtmaçilari autsorsing xizmatlarini xarid qilişda oçiqlik, şaffoflik va samaradorlik tamoyillariga amal qilişi lozim.
Şuningdek, autsorsing xizmatlarini körsatuvçi taşkilotlar faoliyati samaradorligini baholaş uçun asosiy körsatkiçlar (KPI) joriy etiladi. Ularning bajarilişi muntazam monitoring qilinadi va natijalar maxsus elektron platformada aks ettirib boriladi.
Mutasaddilarning ta’kidlaşiça, mazkur özgarişlar davlat taşkilotlarining asosiy vazifalarga köproq e’tibor qaratişi, xizmatlar sifatini oşiriş, budjet mablağlaridan samarali foydalaniş hamda korrupsiya xavflarini kamaytirişga xizmat qiladi.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kirdi.










