Jahon | 18:11 / 02.12.2017
22517
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoy AQShga qarshi chiqdi. Bu safar Jahon savdo tashkiloti mojaro markazida

Foto: RIA "Novosti"

XXR Tijorat vazirligi shanba kuni AQShning xatti-harakatiga qarshi chiqdi. Avvalroq Qo‘shma Shtatlar Jahon savdo tashkilotiga Xitoyga bozor iqtisodiyoti maqomini bermaslik haqida talab bilan murojaat qilgandi, deb xabar bermoqda CGTN telekanali.

Idoraning ta'kidlashicha, Pekin Vashingtonning bunday xatti-harakatlaridan juda darg‘azab, u “JST qoidalariga e'tibor bermayotgani” aytildi.

AQShning pozitsiyasi bo‘yicha bayonot AQSh Savdo vakolatxonasi tomonidan topshirildi hamda payshanba kuni e'lon qilindi.

"Xitoy AQSh, YeI va JSTning boshqa a'zolari o‘zlarining xalqaro majburiyatlariga qat'iy rioya qilishi, JST doirasida majburiyatlarini bajarishi va Xitoyga nisbatan dempingga qarshi surishtiruvlar davomida “sun'iy-davlat” prinsipidan foydalanishni to‘xtatishini talab qiladi", - deya ma'lum qilishgan idoradan.

Avvalroq XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuan Xitoy tegishli mamlakatlarni xalqaro huquq prinsiplarini hurmat qilish va o‘z xalqaro majburiyatlarini to‘la hajmda bajarishga chaqirayotgani haqida ma'lum qilgandi.

2016 yilning dekabrida Xitoyning JSTga kirganiga 15 yil to‘ldi, shuningdek, Xitoyning JSTga kirishi bo‘yicha bayonnomaning 15-moddasi harakat muddati avtomatik tarzda yakunlandi, u savdo tashkiloti ishtirokchi davlatlariga xitoylik tovarlarga nisbatan dempingga qarshi choralar joriy etish imkonini berardi. Bunga esa ularning past narxlari bozorga ta'sir qilmasligi asos qilib olingan. Biroq shunga qaramay, Xitoyning asosiy savdo sheriklari – YeI, Yaponiya va AQSh – buni qilishga shoshilmayapti, hamda Xitoy bozor iqtisodiyoti maqomini olish uchun yetarlicha ish qilmaganini ma'lum qilishmoqda.

Shundan so‘ng Xitoy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha bo‘lajak choralarni qabul qilish huquqini o‘zida qoldirdi. Pekin Xitoy 2016 yilning dekabridan so‘ng, bayonnoma bandiga asosan avtomatik ravishda bozor iqtisodiyoti maqomini olishi kerakligi haqida bir necha bor ma'lum qilgan.

Mavzuga oid