Nigeriya shimolidagi teraktda 17 kishi halok bo‘ldi
Nigeriyaning shimolidagi Borno shtatida joylashgan Biu shahridagi bozorda terrorchi-xudkushlar hujumi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 47 kishi jarohat oldi. Bu haqda 2 dekabrda mahalliy hukumat vakillariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Portlashlar gumanitar tashkilot xodimlari “Boko harom” radikal guruhi harakatlaridan jabr ko‘rgan odamlarga oziq-ovqat yordamini ulashayotganlarida sodir etilgan. Portlashlarni 2 xudkush amalga oshirgan.
Biu Borno shtatining ma'muriy markazi hisoblangan Mayduguri shahridan 185 km uzoqlikda joylashgan. Maydugurida jangarilarning fuqarolarga va kuch tuzilmalari vakillariga hujumlari davom etmoqda.
France-Presse axborot agentligining ma'lum qilishicha, voqea joyida qutqaruv xizmatlari ish olib bormoqda, jasadlarni qidirish ishlari ketmoqda. Halok bo‘lganlar soni oshishi mumkinligi istisno qilinmayapti. Huquq-tartibot idoralarida ushbu terakt ortida “Boko Harom” jangarilari turgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
15:12 / 26.10.2024
Nigeriyada benzovoz portlashi oqibatida 181 kishi halok bo‘ldi
14:10 / 26.10.2024
Nigeriyada bir haftada 140 nafar terrorchi va qurolli to‘da a’zolari yo‘q qilindi
17:04 / 22.10.2024