Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistondagi IIB binosida yuz bergan portlash oqibatida bir xodim halok bo‘ldi
Tojikistonning Qo‘rg‘on-Tepa shahridagi Xatlon viloyati bo‘yicha ichki ishlar boshqarmasi binosida sodir bo‘lgan portlash oqibatida militsiya xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti manbaga tayangan holda xabar bermoqda.
«Portlovchi qurilma bo‘yicha jinoiy ishni olib borgan militsiya xodimi, ushbu modda bilan ehtiyotsiz harakat oqibatida halok bo‘ldi, portlovchi qurilma harakatga kelgan», - deya aytib o‘tgan manba.
Ta'kidlanishicha, yana bir xodim shifoxonaga olib ketilgan.
Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi.
Avvalroq Tojikistondagi Xorog shahri aeroporti boshlig‘i Dildor Maqsudshoyev bortida prezident Imomali Rahmon bo‘lgan vertolyotni Dushanbega kuzatayotgan paytida halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:16 / 01.06.2026
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
11:57 / 17.05.2026