Jamiyat | 08:44 / 02.12.2017
7880
3 daqiqa o‘qiladi

Ukraina politsiyasining uch tergovchisi inkassatorni tunadi

Ukrainaning Odessa oblasti milliy politsiya bosh boshqarmasining 3 nafar tergovchisi inkassator mashinasidan 120 ming dollar mablag‘ni o‘g‘irlab ketishdi, deb yozmoqda Odessaning "Dumskaya" nashri.

"Politsiyaning ichki xavfsizlik departamentida hikoya qilishicha, 29 yoshli politsiya kapitanlari, ikki katta tergovchi va bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari ayyorona yo‘l bilan 120 ming AQSh dollariga boyishgan. Ular soxta jinoiy ish qo‘zg‘atib, inkassatorlik mashinasida tintuv o‘tkazgan va shu chog‘da 2 ta pul to‘la sumkani gumdon qilishgan", — deyiladi maqolada. 

Ta'kidlanishicha, tergovchilar to‘qib chiqarilgan kishining unga nisbatan firibgarlik qilingani haqidagi murojaati bo‘yicha jinoiy ish ochgan. 

"Jabrlanuvchi"ning xabar qilishicha, undan pullarni o‘margan odamlar Subaru rusumli inkassatorlik mashinasida harakatlanayotgan bo‘lgan. Tergovchilar ushbu ma'lumotlarga asosan "surishtiruv" ishlarini boshlashgan, ishga murojaat qiluvchining so‘roq vaqtida bergan ko‘rsatmalari ham qo‘shib qo‘yilgan. "Jabrlanuvchi" "firibgarlar" o‘qotar qurollar bilan savdo qilishi haqida aytgan. 

"Aferist-tergovchilar avtomobilning orqa o‘rindig‘iga qurolli sumkani qo‘yishgan. Protokolda to‘ldirilgan o‘qdonli Kalashnikov avtomati va 8 patronli pistolet "aniqlanib, musodara qilingani" qayd etilgan. G‘arazgo‘ylar Subaru mashinasidan 120 ming dollar bo‘lgan 2 ta sumkani ham olib ketishganini hujjatga kiritishmagan", — deb yozadi gazeta.
 
Tergovchilarning uch nafari Ukraina milliy politsiyasi Odessa bosh boshqarmasining ichki xavfsizlik boshqarmasi, xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari tomonidan ushlangan. 

"Dumskaya" gazetasining yozishicha, ularga nisbatan xizmat mansabini suiiste'mol qilish, bosqinchilik, firibgarlikda ayblangan. G‘arazgo‘ylar 15 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid