08:48 / 04.12.2017
10963

Xiva va Buxoroda yuz bergan yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati o‘tgan hafta mobaynida respublikada sodir bo‘lgan yong‘inlar haqida ma'lumot berdi.

2017 yilning 22 noyabr kuni Xorazm viloyati Xiva tumanida yashovchi fuqaro A.X.ning uyida elektr isitish moslamasini yoqib nazoratsiz qoldirilishi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 4 kv.m. maydonda o‘rin ko‘rpasi yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining tutundan dimiqqan holdagi jasadi topilgan.

2017 yilning 22 noyabr kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan «Ehtiyoj mollari» MChJga tegishli mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lib, sexning 190 kv. metr maydonda tomi, ichki qismi, jihozlari va lak bo‘yoqlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.  Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.

2017 yilning 23 noyabr kuni Buxoro viloyati Buxoro tumanida yashovchi fuqaro Yu.Ya.ning uyida elektr isitish moslamasini yoqib nazoratsiz qoldirilishi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 20 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining kuygan xoldagi jasadi topilgan.    
   
2017 yilning 23 noyabr kuni Jizzax shahrida yashovchi K.S.ning uyida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 90 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari hamda hovlisidagi «Kobalt» va «Matiz» rusumli avtomobillari, shuningdek, yong‘in qo‘shnisining uyiga o‘tishidan 5 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.

2017 yilning 25 noyabr kuni Buxoro shahrida yashovchi fuqaro L.A.ning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 98 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

2017 yilning 25 noyabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan «Umid Dilshod Grand» MChJga tegishli qog‘ozni qayta ishlash va bruschatka ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lib, sexning 190 kv. metr hamda yong‘in qo‘shni «Elit Global Plast» MChJga tegishli plastmassa mahsulotlarini ishlab chiqarish sexiga o‘tishidan 290 kv.metr maydonlarda tomi, shift qismi va jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top