Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parkentda 15 mln so‘m pul va 9 mln so‘mlik zargarlik buyumlari o‘marildi
Foto: Plusgps.eu
Parkent tuman IIBga 1970 yilda tug‘ilgan Adham Boyqo‘ziyev (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 26 oktabr kuni soat 05.00 dan 08.30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, uy eshigiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, uyi ichida bo‘lgan 15.000.000 so‘m pullari va 9.000.000 so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Parkent tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan Xushnud Tojiyev va Erali Yorbekovlar sodir etganliklari aniqlanib, ushlandilar. Ashyoviy dalillar olindi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026