Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya va AQSh katta ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni boshladi
Janubiy Koreyada 4 dekabr ertalabdan Janubiy Koreya va AQSh harbiy-havo kuchlarining birgalikdagi mashg‘ulotlari Vigilant Ace 18 boshlandi. 8 dekabrgacha davom etadigan mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun AQShning F-22 Raptor, 5-avloddagi F-35A qiruvchi samolyotlari yetib keldi. Mashg‘ulotlar 29 noyabrda Shimoliy Koreya tomondan “Xvason-15” ballistik raketasi uchirilgani bilan bog‘liq holda o‘tkazilmoqda.
Katta ko‘lamli mashg‘ulotlarda AQSh va Janubiy Koreyaning 12 ming harbiysi va 230 dan ko‘proq samolyoti ishtirok etadi. Shuningdek, mashg‘ulotlarga 6 ta radioelektron kurash samolyotlari EA-18G Growler hamda o‘nlab F-15C va F-1 qiruvchi samolyotlari ham jalb qilinadi. Ularga Yaponiyada joylashtirilgan yana bir nechta F-35B samolyotlari qo‘shilishi ehtimoli bor.
Mashg‘ulotlar maqsadi Shimoliy Koreya obektlarining nusxasi ko‘rinishidagi o‘quv nishonlariga yuqori aniqlik bilan aviazarba berish, ikki davlat harbiy-havo kuchlari jangovar qobiliyati va o‘zaro harakatlari sifatini oshirishdan iborat.
Mavzuga oid
11:32
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
20:40 / 17.07.2026
Iroqda Trampning o‘limi uchun 10 million dollar mukofot va’da qilindi
10:55 / 17.07.2026