Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinda denge bezgagiga qarshi ilk vaksina sotuvi to‘xtatildi
Filippin hukumati denge bezgagiga qarshi dunyodagi ilk vaksina sotuvini taqiqladi. Bunga ushbu emdorining salbiy ta'siri sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Bu haqda Oziq-ovqat va dori-darmonlar nazorati boshqarmasi (FDA) xabarida ma'lum qilingan.
Fransiyaning Sanofi ishlab chiqaruvchi kompaniyasi vaksinaga doir yangi ma'lumotlarni ham e'lon qildi. Unda emlashgacha mazkur kasallik bilan xastalanmaganlar uchun vaksinadan foydalanish juda xavfli ekani ta'kidlanadi.
"FDA aholini muhofaza qilish maqsadida Sanofi kompaniyasiga Dengvaxia emdorisining savdolarini zudlik bilan to‘xtatish va tarqatmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berdi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mamlakatdagi barcha tibbiy birlashmalar Dengvaxia vaksinasi qo‘llanilishidan keyingi holatlarni kuzatishda ishtirok etishi va har qanday holat bo‘yicha FDA boshqarmasiga ma'lum qilishi shart.
Denge bezgagi – tropik mamlakatda uchraydigan virus infeksiyali kasallik bo‘lib, chivinlar chaqishidan tarqaladi. Bezgak xuruji kutilmaganda boshlanadi. Bemor yuqori tana harorati (39-40 daraja) dan, bosh og‘rig‘i, mushaklar va bo‘g‘inlardagi kuchli og‘riqdan shikoyat qiladi.
Mavzuga oid
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
15:38 / 08.06.2026
Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi
18:24 / 22.05.2026