Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada banan ortilgan konteynerlarda 250 mln dollarlik giyohvand modda aniqlandi
Ispaniya huquq-tartibot idoralari Alxesiras shahrida deyarli 6 tonna kokain aniqlashdi. Bu haqda Ispaniya ichki ishlar vaziri Xuan Ignasio Zoido tvitterda ma'lum qildi.
“Alxesirasda deyarli 6 tonna kokain musodara qilindi. Kokain partiyasining bozor qiymati 210 mln yevroni tashkil qiladi”, deb ma'lum qilgan Zoido. Bu qiymat 250 mln dollarga teng.
Kokain Ispaniyaga Kolumbiyadan banan ortilgan konteynerlarda keltirilgan. Kokainni aniqlash bo‘yicha operatsiya Ispaniya milliy gvardiyasi va bojxona xizmati bilan birgalikda o‘tkazilgan.
Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, aniqlangan kokain partiyasi Ispaniyada oxirgi 18 yil ichida ushlangan eng yirigi bo‘ldi. Giyohvand modda 1 kg dan qilib briket ko‘rinishida qadoqlangan va ustiga yetkazilishi kerak bo‘lgan joyni bildiruvchi belgilar qo‘yilgan bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, ushbu hodisa yuzasidan 3 kishi, jumladan konteynerlarga egalik qiluvchi transport kompaniyasi rahbari hibsga olingan. Ta'kidlanishicha, yana bir necha hibsga olishlar amalga oshirilishi mumkin.
Los 5.883 kilos de cocaína intervenidos en Algeciras por la @guardiacivil y @aduanassva alcanzarían un valor en el mercado de 210 millones de euros. pic.twitter.com/xtWo7Bg7Lk
— Juan Ignacio Zoido (@zoidoJI) December 5, 2017
Mavzuga oid
08:44 / 16.07.2026
Serra-Leonedan yuborilgan kokain Toshkentda ushlandi
18:49 / 08.07.2026
Tramp NATOda: Ispaniya bilan savdoni uzish va Grenlandiyani egallash da’vosi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026