Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda qorda yotgan farzandini tepkilagan shaxs aniqlandi. U o‘z lavozimidan bo‘shatildi
Foto: Getty Images
2 dekabrda ijtimoiy tarmoqlarda 1,5-2 yoshlar atrofida bo‘lgan bola qor bilan qoplangan yo‘lda yura olmay, sirpanib tushgani, uni olib yurgan otasi esa unga bu holatda yordam berish o‘rniga bolakayning bel qismiga oyog‘i bilan qattiq tepgani videosi tarqalgandi. Ta'kidlanishicha, bu hodisa Qirg‘izistonda yuz bergandi.
Keyinroq ushbu berahm otaning shaxsi aniqlandi. Ma'lum bo‘lishicha, u 50 yoshli Bariyor Adiyev ismli shaxs bo‘lib, Sokuluk tumanining yerdan foydalanish va ko‘chmas mulkka huquqlarni qayd qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Ta'kidlanishicha, Adiyev bu axloqsiz xatti-harakati uchun Davlat ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati raisi Doston Dogoyev tomondan o‘z lavozimidan bo‘shatildi. U Qirg‘iziston mehnat kodeksining 83-moddasiga ko‘ra (ishchining axloqsizligi uchun u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish) ishdan olingan.
Shuningdek, berahm otaga nisbatan jinoyat kodeksining “Bezorilik” moddasi bo‘yicha ham jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
18:24 / 29.04.2026