Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oddiy bo‘lmagan shartlar. Shveytsariyadagi qishloq nega yangi fuqarolar uchun pul to‘lamoqchi?
Alp tog‘larida joylashgan Albinen qishlog‘i ehtimoliy fuqarolarni pullar bilan o‘ziga jalb etishga qaror qildi. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mahalliy aholining 71 nafari yangi fuqarolar uchun 25 ming frankdan mablag‘ to‘lashga ovoz berdi, 29 nafari qarshi chiqdi.
Tashabbusning muallifiga mer Beat Yost aylandi – kasbi bo‘yicha jurnalist inson. U demografik vaziyatni kutilmagan usul bilan to‘g‘irlashga qaror qilgan. Hozirda Albinen qishlog‘ida 243 kishi doimiy ravishda yashaydi. XX asrning boshlarida ularning soni taxminan 400 bo‘lgan, 2010 yilda esa 278 nafar. Maktab yoshidagi bolalar atigi yetti nafarni tashkil etadi. Aholining o‘rtacha yoshi – 58 yil. So‘nggi 17 yil ichida bironta ham yangi uy qurilmadi.
Albinenning o‘ziga xos jihatlari orasida Lekerbad termal va tog‘-chang‘i kurortiga yaqinligi ham bor. Lozanna, Jyeneva va Bernga olib boruvchi tezyurar avtomagistral uncha uzoq emas. Yo‘llar juda yaxshi, qishloqda barcha sharoitlar yaratilgan. Biroq tog‘li posyolkalarning ko‘pchiligiga vodiydagi shaharlar va qishloqlar bilan raqobat qilishi ancha mushkul. Iqtisodiy geografiya doktori Per Desmontening so‘zlariga ko‘ra, Alp janubidagi o‘rta hajmli qishloqlarda bir yarim asrdan beri “ko‘plab omillar tufayli” aholi asta-sekin yo‘qolib kelmoqda. U Albinen aholisining yangi fuqarolarni pul orqali jalb etish g‘oyasiga tanqidiy yondashmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning moddiy rag‘batlari Shveytsariyadagi boshqa ko‘plab qishloqlar tomonidan yangi fuqarolar uchun soliqlarni pasaytirish bo‘yicha berilgan takliflar bilan barobar.
Avgust oyida Yostning Albinenga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lgan har bir oilaviy juftlikka 50 ming frank, bolaga esa yana qo‘shimcha 10 ming to‘lash bo‘yicha tashabbusini mahalliy aholining taxminan 100 nafari qo‘llab-quvvatladi. Bu masalani 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan umumiy majlisga olib chiqish uchun yetarli bo‘ldi.
Albinen avgustdan beri dunyo bo‘ylab juda mashhur bo‘lib ketdi. Bu yerga turli mamlakatlardan o‘n minglab elektron xatlar kelgan. Ta'kidlab o‘tish lozimki, ko‘chib o‘tishni istovchilarda Shveytsariya fuqaroligi yoki bu yerda yashash huquqi bo‘lishi lozim. Shuningdek, ular o‘z uylarini qurishga taxminan 200 ming frank sarmoya yo‘naltirishlari kerak bo‘ladi. Albinendan 10 yilgacha bo‘lgan muddat ichida ko‘chib ketadiganlar esa mahalliy ma'muriyatga berilgan pullarni qaytarib berishlari shart. "Biz butun dunyoni emas, balki besh yoki o‘n kishini jalb qilmoqchimiz", - deya aytib o‘tdi Beat Yost jurnalistlar bilan suhbatda.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
21:21 / 03.06.2026