Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidentiga Buxoroda faxriy doktor maqomi berildi
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Mazkur universitet mamlakatimizdagi yirik bilim maskanlaridan biridir. Undagi 8 fakultetda 7 mingdan ziyod talaba va magistr ta'lim olmoqda.

Afg‘oniston Prezidenti universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari huzurida ma'ruza qildi.

Muhammad Ashraf G‘aniga Buxoro davlat universiteti faxriy doktori unvoni berilgani to‘g‘risida diplom topshirildi.

Dunyo ilm-fani va islom olamida katta o‘rin tutgan Buxoroi sharifni ziyorat qilish orzuim edi. Muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyevga bu imkoniyatni yaratib bergani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston zaminidan Imom Buxoriy va Imom Termiziy kabi buyuk allomalar yetishib chiqqan. Bu yerda ta'lim olayotgan yoshlar mana shunday bobolariga munosib bo‘lib voyaga yetishmoqda, dedi Prezident Muhammad Ashraf G‘ani.
Afg‘oniston rahbari universitetning Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qo‘ydi.
Mavzuga oid
17:40 / 30.04.2026
Buxorodagi tarixiy majmua oldida noqonuniy targ‘ibot: MMA turniri bannerida onlayn qimor o‘yini logotipi ham bor
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
16:29 / 24.04.2026
“Buxoro bo‘yicha alohida yig‘ilamiz” – Madaniy meros agentligi Buxoro etnoturistik markazi haqidagi savolni javobsiz qoldirdi
20:10 / 18.04.2026