Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarida ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori bilan bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarida ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010 yil 23 oktabrdagi 34/8-son qarori (ro‘yxat raqami 2155, 2010 yil 19 noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 47-son, 438-modda) bilan tasdiqlangan Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarida ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
2. Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarida ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha:
1. 8-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2465, 2013 yil 3 iyun) 59-bandida nazarda tutilgan inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega bo‘lgan sub'yektlar bevosita mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka inkasso topshiriqnomalarini elektron shaklda taqdim etishi yoki ularni chaqirib olishi mumkin.”.
2. 12-band “mijozlarning tizimga kirish va chiqish vaqtlari” degan so‘zlardan keyin IP manzillari” degan so‘zlar bilan to‘ldirildi.
3. 22-banddagi “(ro‘yxat raqami 2528, 2013 yil 21 noyabr)” degan so‘zlar “(ro‘yxat rakami 2886,2017 yil 23 may)” degan so‘zlar bilan almashtirildi.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026