O‘zbekiston | 12:21 / 06.12.2017
10626
2 daqiqa o‘qiladi

Hisoblangan sug‘urta badallari to‘g‘risida ma'lumot taqdim etishning yangi shakli tasdiqlandi

Foto: Financial Times

Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining qarori (AV tomonidan 2017 yil 29 noyabrda 2439-5-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan har bir jismoniy shaxs kesimida fuqarolarning byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan  sug‘urta badallari summalari bo‘yicha ma'lumot taqdim etish shakli tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.uz.    

Hozirgi vaqtda yuqorida ko‘rsatilgan ma'lumot yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobiga 4-ilovaga binoan shakl bo‘yicha taqdim etiladi (05-varaq). Biroq u Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 iyuldagi 462-son qaroriga (3-band) binoan taqdim etilishi lozim bo‘lgan shaxsning lavozim mavqei, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davrlari, mehnat ta'tilidagi va uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan davrlar haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olmaydi.

Shu munosabat bilan tasdiqlangan shaklda ko‘rsatilgan ma'lumotlar mavjud. Hammasi bo‘lib unda 11 ta grafa mavjud, ularda quyidagi ma'lumotlar aks ettiriladi:

• jismoniy shaxsning FIO, lavozimi (XALIKK-2017 ga muvofiq), STIR hamda shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);
• fuqarolarning hisoblangan sug‘urta badallari summasi: oldingi hisobot davri oxiriga, hisobot davri uchun (o‘sib boruvchi yakunsiz) va hisobot davri oxiriga;
• sug‘urta badallari hisoblanmagan davrlar (xodim uzrli sabablarga ko‘ra ish joyida bo‘lmagan taqdirda): davrning boshlanishi va oxiri hamda asos.

Soliq to‘lovchilar tomonidan yangi shakl 2019 yilning 1 yanvariga qadar ixtiyoriy ravishda taqdim etiladi. 4-ilovaga binoan shakl (05-varaq)  o‘z kuchini yo‘qotmaydi, binobarin, uning soliq hisoboti tarkibida taqdim etilishi avvalgidek majburiy sanaladi.

Qaror 1.01.2018 yildan kuchga kiradi.    

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid