Jahon | 18:15 / 06.12.2017
16060
3 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev tadbirkorlarga: Sho‘xlik qilish yetadi, o‘ynab bo‘ldingizlar 

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev biznesni tekshirish haqida o‘z fikrini bildirdi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.

"Sho‘xlik qilish yetadi, o‘ynab bo‘ldingizlar. Bas, yaxtalar, turli mamlakatlarda kottejlar, uylar sotib oldingizlar. Biz hali hech kimni tekshirmadik, pul ishlab topish imkonini bermoqchi edik. Biroq yodda saqlangki, bularning barini sizga mamlakat berdi. Agarda bosh vazir vaziyatni hal qilmasa, mening o‘zim shug‘ullanaman... Pullarni uyda saqlash xavfsiz, biz ularning yaxlitligi va saqlanib qolishini ta'minlaymiz", - deya aytib o‘tdi Nursulton Nazarboyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti keskin tanqid bilan chiqib, mahalliy kompaniyalar xorijiy hisoblarda pullarni saqlash kerak emasligini ma'lum qildi. "18 ta mahalliy kompaniya xorijda 12,5 milliard dollarni saqlaydi. "Tengizshevroyl" – 4,5 milliard dollar. "KazMunayGaz" – 3 milliard dollar. "RD "KazMunayGaz" – 2 milliard dollar. "Osiyo gaz quvuri" – milliard dollardan ortiq, "Beynau – Chimkent" gaz quvuri – 100 million, va hokazo", - degan Nursulton Nazarboyev.

Prezident o‘z chiqishi davomida Qozog‘istonga mablag‘lar yo‘naltirayotgan bir necha tadbirkorlarni tilga olib o‘tdi.

"Nurlan Smagulov Olmaotada, Ostonada, barcha joyda Mega qurmoqda – pul yo‘naltirmoqda hamda bu pullarga kreditlar olmoqda. Qozog‘istonga yo‘naltirmoqda. Bulat Utemuratovni ham maqtab o‘tish joiz: Ritz-Carlton’da u qiymatning 25 foizini yo‘naltirdi, u investitsiyalarning 75 foizini jalb etdi. Timur Kuliboyev ham shunday - St. Regis", - deya aytgan Qozog‘iston rahbari.

Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki mehmonxona jahon mehmonxona biznesida “oliy brend” sanaladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid