Sport | 19:52 / 06.12.2017
12601
2 daqiqa o‘qiladi

OFK prezidenti O‘zbekiston tez orada JChga chiqishiga ishonch bildirdi

Foto: Tribuna.uz

3-4 dekabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa OFK rasmiy saytiga tashrif borasida qisqacha intervyu  berdi.

«O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasining asosiy birlashtiruvchisi, balki Osiyo futbolining elitasi hamdir.

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi OFKning eng yosh a'zolaridan biri bo‘lishiga qaramay, ularning rivojlanishi juda tez sur'atda davom etmoqda. Men ishonch bilan ayta olamanki, yaqin orada O‘zbekiston Milliy terma jamoasini Jahon chempionatida ko‘ramiz.

Kuchli va faol yangi rahbar Umid Ahmadjonov boshchiligida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganini e'tirof etish kerak», - deydi Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa. 

O‘z o‘rnida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ham yuqori martabali mehmonning Toshkentga tashrifi haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: 

«Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Prezidenti bizning taklifimizni qabul qilib, poytaxtimizga tashrif buyurgani va u bilan muloqot qilish imkoniyati yuzaga kelgani biz uchun nihoyatda katta sharaf.

O‘zbek futbolini yuqori darajaga olib chiqish, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi OFK tashkil etadigan barcha tadbir va musobaqalarda ishtirok etishi  uchun hamma harakatlarni amalga oshirmoqdamiz»,  - deya Ahmadjonovning so‘zlarini keltiradi OFK rasmiy sayti.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid