Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya IShIDdan to‘la ozod etildi
Foto: AFP
Suriyada IShIDga tegishli hudud qolmadi va mamlakat jangarilardan to‘la ozod etildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovga asoslangan holda xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, general Xasan Suxelning harbiylari va ko‘ngillilardan iborat 5-shturm korpusi Dayr-az-Zorda jangarilarning oxirgi qismlarini yakson etgan va Solihiya, Al-Xreyt, Al-Katya hamda Musalah aholi punktlarini ozod qilgan. Shundan so‘ng, bu qo‘shinlar janubdan hujum qilib kelgan Suriya hukumati armiyasi bilan birlashgan.
«Shu tariqa, bugungi kunga kelib Suriyada IShID nazoratidagi bitta ham punkt qolmadi», — degan Bosh shtab boshlig‘i.
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu oliy qo‘mondon, prezident Vladimir Putinga bu haqda hisobot bergan.
Mavzuga oid
09:45 / 31.03.2026
Germaniya kansleri suriyalik qochqinlarni uyiga qaytishga chaqirdi
20:27 / 28.02.2026
Yaqin Sharqdagi mojaroning ilk kuni: Eron, Suriya, Iroq va BAAda qurbonlar qayd etildi
13:09 / 28.02.2026
Bundestag Germaniyada boshpana berish qoidalarini qat’iylashtirdi
18:35 / 08.02.2026