Jahon | 23:56 / 06.12.2017
7527
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada yangi prezident saylandi 

Foto: RIA Novosti / Aleksey Filippov

Shveytsariya parlamenti 2018 yil uchun mamlakatning yangi prezidentini sayladi. Yangi prezident amaldagi ichki ishlar vaziri Alan Berse bo‘ladi.

Berse uchun 228 deputatdan 192 nafari ovoz bergan. Shuningdek, mudofaa, aholini himoyalash va sport federal departamenti boshlig‘i Uli Maurer 2018 yil uchun vitse-prezident etib saylandi.

Berse “Shveytsariya farovonligi va aholisi uchun barcha ishni amalga oshirishga” va'da berdi. U o‘zining nutqini 4 ta tilda o‘qib eshittirdi.

Shveytsariya prezidenti lavozimini hukumat – Federal kengashning barcha a'zolari navbatma-navbat egallab chiqishadi. Bu lavozim ko‘proq nomigagina amal qiladi, biroq hukumat yig‘ilishida ovozlar teng bo‘lganda, uning ovozi hal qiluvchi bo‘ladi.

Shveytsariya prezidenti sammit, forumlar va ikki tomonlama uchrashuvlarda vakil funksiyalarini bajaradi. Berse prezident kursisini 2018 yil 1 yanvardan egallaydi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid