Jamiyat | 15:40 / 07.12.2017
7421
2 daqiqa o‘qiladi

Muqaddam sudlangan shaxs qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi

Aksar jinoyatlarning spirtli ichimlik oqibatida sodir etilganligiga ko‘p bor guvoh bo‘lganmiz. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanidagi mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs ham mast holda edi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Tumanning «Bo‘ston» ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi muqaddam sudlangan B.Ye. qo‘shnisi A.T. bilan janjallashib qoldi. Avvaliga bir birlarini haqorat qilish bilan boshlangan janjal mushtlashuvga aylandi. Oqibatda B.Ye. qo‘shnisining ko‘krak qismiga pichoq bilan urib, tan jarohati yetkazdi. Olgan jarohati tufayli A.T. shifoxonaga yotqizildi. 

Muqaddam sudlangan bo‘lsa-da, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarolmagan, takroran jinoyatga qo‘l urgan B.Ye. ushlanib, qonun hukmiga topshirilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid