Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Misrga boradi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11 dekabr kuni Misrga ishchi tashrif bilan boradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, Putin prezident Abdul Fattoh as-Sisiy bilan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash masalasini muhokama etadi.
«O‘n birinchi dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Misr Arab Respublikasiga ishchi tashrif bilan boradi. Prezident Abdul Fattoh Sisiy bilan muzokaralar chog‘ida Rossiya va Misr o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, energetika va gumanitar sohalardagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama etiladi», — deyilgan xabarda.