Raqamli media sohasida ulkan özgarişlar davri keçmoqda. Matnlar soni qisqarib bormoqda, multimediaga esa tobora keng örin ajratilmoqda. Yangi texnologiyalar jarayonni boşqarmoqda. TechCrunch 2018 yili media olamda nimalar yuz berişi bilan qiziqib kördi.

 

1. An'anaviy telekanallar Netflix’dan örnak ola boşlaşadi

Foto: TechCrunch 

Ekspertlar telekanallar uçun orignal kontent oltin asrini prognoz qilişmoqda. Özi mahsulot işlab çiqariş — televideniye yangi davri asosiy «quroli»ga aylanadi. 2018 yilda Netflix’ning raqobatçilari yanada köpayadi. An'anaviy kabelli kanallar va televizion operatorlar oqimli körsatuv uzatiş bozoriga kiriş uçun kuraşişadi. Bu borada faollikni Amazon, Apple va boşqa IT-gigantlardan kutiş kerak. Oqimli körsatuv uzatiş davri tomonidan örnatilajak yangi öyin qoidalarini uddalay olmaganlar yirikroq öyinçilar tomonidan xarid qilinadi yoki jamiki reklama byudjyetidan mosuvo böladi.

 

2. Ulkan ma'lumotlar tomoşabinlar istagini aniq prognozlaşga imkon yaratadi

 

Foto: TechCrunch 

Netflix, Amazon va Facebook foydalanuvçilar haqida ulkan ma'lumotlar töplaş mexanizmini rivojlantiriş bilan band. Kompaniyalar undan yutqiziqsiz multimediali kontent yaratişda foydalanişni istaşadi. Keng omma istaklarini örganib, ular muvaffaqiyatsiz relizlar sonini minimumga tuşirişmoqçi. Agar ilgari ulkan ma'lumotlar va foydalanuvçilar xatti-harakati tahlilidan asosan reklama roliklarini yaratişda foydalanilgan bölsa, kelgusi yildan boşlab axborot va köngiloçar kontent ommaning kayfiyatidan kelib çiqib tayyorlanadi.

 

3. Personallaştirilgan kontent tarqatiş