Xitoyning Poseidon kompaniyasi dunyodagi ilk robot-qutqaruvçini işlab çiqdi. Qurilma ekstremal şaroitlarda işlaş va jabrlanganlarga avtomatik tibbiy yordam körsatiş qobiliyatiga ega. U şaroitga qarab ham oyoqda, ham ğildirakda yoki zanjir tizim bilan harakatlana oladi, şuningdek, murakkab tösiqlarni: zinapoyalar, qiyaliklar va notekis yuzalarni bosib ötadi. Qurilma kiçkina maydonda ham osonlik bilan harakatlanadi va tösiqlarni çaqqonlik bilan aylanib ötadi. Robot -20 gradusdan +55 gradusgaça bölgan haroratda işlaşi mumkin.
Qurilmaning asosiy xususiyati — birinçi yordamni körsatişga qodir ekanida, bu yordam quyidagilarni öz içiga oladi:
- Insonning hayotiy körsatkiçlarini nazorat qiliş tizimi;
- Sun’iy nafas oldiriş apparati;
- Infuzion davolaş moduli;
- V-ultratovuş tekşiruv tizimi;
- yurak ritmini tiklaş uçun defibrillyator;
- Yurak-öpka reanimatsiyasi;
- Kislorod yetkazib beriş tizimi.
Bunday keng qamrovli funksionallik robotga favqulodda vaziyatlarda juda muhim bölgan “yöl-yölakay” tez yordam körsatiş imkonini beradi.
Işlab çiqaruvçilarning ta’kidlaşiça, uşbu robotga quyidagi sohalarda talab yuqori:
- Tabiiy ofatlar paytidagi qutqaruv operatsiyalarida;
- Harbiy şaroitlarda (jangçilarni jang maydonidan olib çiqiş uçun);
- Murakkab sanoat va şahar avariyalarida;
- Kasalxonagaça va kasalxona içidagi tibbiy yordamda.
Mutaxassislarning fikriça, bu yangilik favqulodda tibbiy yordam sohasidagi sun’iy intellekt böşliğini töldiradi. An’anaviy qutqaruv usullari köpinça köp vaqt va mutaxassislarni talab qiladigan bir paytda, robot tezkor, aniq va mustaqil ravişda harakatlana oladi.
“Uşbu loyiha Xitoyning şoşilinç tibbiy yordam sohasidagi imkoniyatlarini sezilarli darajada kuçaytiradi, uni yanada samarali qilib, texnologik jihatdan ilğorlaştiradi”, — deb ta’kidladi Poseidon korporatsiyasi.











