10:22 / 08.12.2017
21436
Reklama

Artel korxonasi sizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi bilan tabriklaydi

Foto: Artel

1992 yil 8 dekabr kuni davlatimiz tarixidagi eng muhim qadamlardan biri bosildi: O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi davlat Konstitutsiyasini bir ovozda qabul qildi. Bu kun inson huquqlari, erkinligi, tinchligi, hamjihatligi va jamiyatda o‘zaro hurmat uchun mustahkam poydevor yaratdi.        

Bizning davlatimizni Asosiy Qonuni qabul qilinganligiga 25 yil bo‘ldi. 25 yil ichida davlatimiz ancha o‘zgarishlar ko‘rdi, ravnaq topdi: halqaro hamkorlik rivojlandi, iqtisodimizning rivojlanish tempi yanada tezlashdi, ijtimoiy sohalar, tibbiyot, ta'lim kabi sohalar rivojlandi. Ayni vaqtda hukumatimiz va konstitutsiya tufayli davlatimiz tinch va sokin, fuqarolarning huquqlari va erkinligi munosib himoya qilingan.

Aytib o‘tish boiski, bugunda O‘zbekiston yashash uchun dunyodagi eng tinch va totuv davlatlardan biridir.

Iqtisod sohasida ham sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Foto: Artel 

Respublikamiz qisqa vaqtda industrial, yuqori texnologiyalar ishlab chiqarishga qaratilgan davlatga aylandi. Respublikamizda xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar tug‘ildi. Xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi butun O‘zbekiston bo‘yicha ishlab chiqarivchi korxonalar paydo bo‘lishiga yo‘l ochdi va minglab ish joylarini yaratdi. Shu jumladan O‘rta Osiyo bo‘yicha eng yirik ishlab chiqaruvchi korxona Artel vujudga keldi. Hozirda Artel korxonasida minglab odamlar davlatimiz ravnaqi yo‘lida ishlashmoqda.
Ushbu o‘zgarish va rivojlanishlarning paydo bo‘lishida bizning asosiy konunimiz – Konstitutsiyaning ahamiyati katta!

Shunday muhim kunda Artel korxonasi sizga baxt, shodlik va omad tilaydi. Tinchlik, osoyishtalik va farovonlik doimo hamrohingiz bo‘lsin.
Bu kun faqat shodlik, baxt va quvonchga to‘la, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi esa davlatimizning har bir fuqarosini doimo ishonchli himoya qilishiga ishonchimiz komil! 

Reklama huquqi asosida

Top