Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda Tramp familiyasi bo‘lgan barcha ko‘rsatkichlar olib tashlandi
AQSh prezidenti Donald Tramp Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olgandan keyin Istanbulda uning familiyasi bo‘lgan barcha ko‘rsatkichlar va tablichkalar olib tashlandi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
Tramp 6 dekabrda Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishini e'lon qilib, AQShning Tel-Avivdagi elchixonasining u yerga ko‘chirilishi haqidagi hujjatni imzoladi. Trampning bu qarori Isroil tomondan ijobiy, biroq ko‘plab, ayniqsa, Yaqin Sharq davlatlari va Falastin tomondan salbiy qabul qilingan.
Ta'kidlanishicha, kechki vaqt Istanbulning Shishli tumanida 2012 yilda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ishtirokida ochilgan Trump Towers Mall savdo markazi nomidagi Tramp nomi olib tashlangan. Shuningdek, savdo markaziga olib boruvchi yer osti o‘tish joyidagi ko‘rsatkichda ham Trampning familiyasi endi mavjud emas.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026