Jahon | 18:12 / 08.12.2017
15092
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda terrorchilar bilan aloqadorlikda gumonlangan xorijlik fuqarolar ushlandi

Foto: Kazinform

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining xabar berishicha, Petropavlovskda Markaziy Osiyo davlatlarining biridan bo‘lgan besh fuqaro qo‘lga olindi. Ular xorijiy jangarilarga sheriklik qilishda gumonlanmoqda.

«8 dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan, Petropavlovsk shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining biridan bo‘lgan fuqarolar guruhining xalqaro terrorchilik tashkilotlariga aloqadorligini tekshirish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida besh kishi qo‘lga olindi», - deya Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati xabarini keltiradi RIA Novosti.

Ta'kidlanishicha, ular «xorijiy jangarilarga sheriklik qilishda gumonlanmoqda».

«Ko‘rsatilgan shaxslarni sherik-davlatning huquqni muhofaza qilish organlariga topshirish bo‘yicha masala hal etilmoqda», - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan Milliy xavfsizlik qo‘mitasidan.

Avvalroq MDH va ShHT vakillari bosh prokurorlar Muvofiqlashtiruv kengashining Sankt-Peterburgdagi yig‘ilishida terrorchilik faolligi Yaqin Sharqdan Afg‘oniston shimoliga ko‘chib o‘tayotgani va sobiq SSSR davlatlarining janubiy chegaralariga juda yaqinda ekani haqidagi xulosaga kelishgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid