Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun 45 mlrd yevro to‘laydi
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun 35-39 mlrd funt sterling (40-45 mlrd yevro) to‘laydi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati rasmiy vakiliga iqtibos keltirgan holda Sky News telekanali xabar berdi.
“Biz to‘lanadigan mablag‘ 35-39 mlrd funt sterling bo‘lishini kutmoqdamiz. Biz bunga o‘z majburiyatlarimizni halol hal qilishdek qaraymiz. Biz hamisha agar majburiyatlarimiz bo‘lsa, uni bajaramiz, deganmiz”, deb aytdi rasmiy vakil.
Ushbu miqdor Buyuk Britaniya moliya vazirligi ishchi guruhlari va Yevropa Ittifoqining Brexit bo‘yicha koordinatori Mishel Barnening texnik uchrashuvida kelishilgan.
Avvalroq Barne tomonlar Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi bo‘yicha muzokaralarda keyingi bosqichga o‘tish uchun ancha siljishga erishishganini ma'lum qilgandi. Brexit bo‘yicha keyingi muzokaralar bosqichi savdo va xavfsizlik masalalarini hal qilishni ko‘zda tutadi.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
21:51 / 10.07.2026
Facebook va Instagram dizayni odamni «qaramlikka» olib kelishi aniqlandi
11:46 / 10.07.2026