Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:50 / 08.12.2017
15631
1 daqiqa o‘qiladi
Putin Turkiyaga boradi
Mixail Mettsel/TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11 dekabr kuni Turkiyaga ishchi tashrif bilan boradi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilingan.
«Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, energetika sohasidagi yirik loyihalarni amalga oshirish muhokama qilinadi», — deyilgan xabarda.
Siyosatchilar shuningdek, xalqaro maydondagi dolzarb masalalar xususida ham fikr almashishi kutilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish