15:19 / 08.12.2017
7689

Toshkentda «Hyundai» avtomobilidan 12,5 mln so‘mni o‘marib ketishdi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida noma'lum shaxs Mirobod ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan «Hyundai» rusumli avtomobil oynasini sindirib, salonda bo‘lgan 12 yarim mln. so‘m pul va uyali telefonni o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Jabrlanuvchi zudlik bilan ichki ishlar organlariga xabar berdi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor harakatlar boshlab yuborildi. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida yashovchi A.D. sodir etganligi aniqlanib ushlandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Top