Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Kaliforniyadagi yong‘inlar tufayli 200 ming kishi uy-joyini tark etdi
Janubiy Kaliforniya o‘rmonlarida to‘rtinchi kundirki davom etayotgan dahshatli yong‘in 200 mingdan ortiq odamning uy-joyini tark etishiga majbur qildi.
Kanonlar, adirlar yonbag‘irlari va aholi istiqomat qiluvchi hududlar alanga domida qoldi. O‘t balosi yuzlab uylarning kulini ko‘kka sovurib, Los Anjyelesdagi ko‘plab maktablarning yopilishiga sabab bo‘ldi.
Rasmiylar Los Anjyelesdan Santa Barbara okrugigacha cho‘zilgan ulkan hududda davom etayotgan 4 ta yong‘in mintaqaga g‘arbdan kirib kelayotgan va dovul kuchini olishi taxmin qilinayotgan Santa Ana shamoli sabab kuchayishidan xavotir bildirmoqda.
Kaliforniya cho‘llaridan issiq va quruq havo oqimini olib keluvchi soatiga 125 km tezlikda harakatlanayotgan shamol yong‘in xavfini keskin oshiradi.
Milliy ob-havo xizmatiga ko‘ra, shanba 9 dekabr kechgacha shamol pasayishi kutilmaydi.
Haftaning dushanba va seshanba kunlari boshlangan yong‘in Los Anjyelesning badavlat oilalar istiqomat qiluvchi Bel Eyr qismiga yetib keldi. 1100 maktabdan 265 tasi yopilgan.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026