Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev: Bu sohaning mehnati qanchalik sharafli, noni esa, qanchalik totliligini barchamiz yaxshi bilamiz
Foto: President.uz/Arxiv
Bugun O‘zbekistonda davlat rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni keng nishonlanmoqda. “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida ushbu sanaga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev soha xodimlarini tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Mamlakatimizda hamma soha vakillarining bayrami bor. Lekin barchamizni, butun xalqimizni boqadigan, kiyintiradigan qishloq xo‘jaligi xodimlarining bayrami shu paytgacha yo‘q edi. Maxsus qonun qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilaganimiz, o‘ylaymanki, hayotimizdagi yana bir adolatli qaror, xalqimizning dilidagi gap bo‘ldi.
Hammamiz bolaligimizdan yerga, dehqonchilik va chorvachilikka mehr qo‘yganmiz. Bu sohaning mehnati qanchalik sharafli, noni esa, qanchalik totli va shirinligini barchamiz yaxshi bilamiz. Dehqon bu – hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning mustahkam tayanchi, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz “olam ahlining to‘qligi, quvonchi, avvalo, yerga urug‘ sochib, bebaho noz-ne'mat yetishtiradigan fidoyi insonlar mehnatidandir” deb, mirishkor dehqonlar xizmatiga juda katta baho berganlar”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida, mamlakatda keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda. Mamlakatda 12 mingdan ziyod fermer xo‘jaligi rahbarlarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etsa, 6 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklariga xotin-qizlarimiz rahbarlik qilmoqda.
O‘zbekistonda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari oxirgi ikki yilda 45 foizga ko‘payib, bugungi kunda ularning soni 75 mingtaga yetdi. Faqat shuning hisobidan joylarda, uzoq-uzoq qishloqlarda yuz minglab yangi ish o‘rinlari barpo etildi.
Mavzuga oid
16:52 / 02.01.2026
Ertangi kun texnologiyasi – bugun. Super zamonaviy 5-avlod issiqxonasiga sayohat
08:50 / 25.12.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
21:33 / 22.12.2025
“Bizni tinch qo‘yishsa, ko‘proq hosil olamiz” – Kogonlik fermer o‘zi va hamkasblari qanday sharoitda ishlayotgani haqida
22:17 / 13.12.2025