Prezident fermerchilikda ilmning roliga e'tibor qaratdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublika qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida so‘zga chiqib, fermerchilikda ilmning tutgan o‘rni va bu borada chet davlatlarining tajribalariga e'tibor qaratdi.
"Muhtaram Janubiy Koreya prezidenti bizni juda katta bag‘rikenglik bilan kutib oldilar. Biz hamma masalalarni kelishib oldik. 20 nafar fermer borib o‘rganib kelsa bo‘lmaydimi ilm, bilim nima degani?! Xitoyga boryapmiz. Xitoy 1 gektar yerdan necha sentner paxta olyapti? Indoneziya baliqdan qancha olyapti? Malayziya qancha meva-sabzavot eksport qilyapti? Ularda bunday yerlar bormi? Turkiyada qanday harakatlar bo‘lyapti? Toshliqda bog‘ ekib, butun Yevropani to‘ldirib beryapti! Bizda Jizzax, Andijon, Qashqadaryo, Toshkent viloyatida qancha-qancha adirlar bor.
Ilm bilan, o‘qib qilgan harakatlarimiz bizga har yili ham daromad beradi, ham manfaat beradi, ham o‘zimizni o‘zgartiradi. Biz o‘zimizning yoshlarga munosib bo‘lamiz.
Eski dehqon, eski paxtakorlar ham kerak - ularning maslahatlarini olishimiz kerak, lekin hozir 15-20 yil oldin bo‘lmagan katta-katta xavf-xurujlar bo‘lmoqda. Mana Surxondaryodagi hasharot bo‘yicha - hech qaysi olim bilmaydi. Bechora dehqonni nima aybi bor? Ha, nima bo‘ldi desak: "Yil yomon keldi" deydi.
To‘g‘ri, dehqonchilikda yil yilga o‘xshamaydi, lekin agar ilm bilan ish qilsak, shu 10-20ta xavf-xatarning oldini olib ish qilsak, natija biz kutgandek bo‘ladi.
Biz nimaga shuncha mablag‘ beryapmiz, ko‘p tarmoqli fermerga nima uchun e'tibor qaratyapmiz? Arzon vaqtida emas, uni fermer daromad topadigan vaqtida sotish kerak-ku! Mana, biz dunyoqarashimizni qanday o‘zgartirishimiz kerak.
Nima uchun hamma narsani o‘zgartiryapmiz? Endi bo‘ldi paxtani sotish, tayyor mahsulot sotishimiz kerak. Bo‘ldi endi tayyor mahsulot sotadiganlar 50 foiz daromad topib, fermer 1 tiyin daromad olmagan - u zamon o‘tib bo‘ldi. Paxtadan kelgan daromadini fermer sezishi kerak. Ana shunda u kelgusi yilga mashaqqat bilan mehnat qiladi.
Mavzuga oid
16:04 / 01.11.2024
Boyovut hokimi Dilfuza Uralova fermerni haqoratlab, IIBga uni qamab qo‘yishni buyurdi
10:38 / 13.10.2024
Farg‘onada kredit ajratish evaziga fermerdan pul olgan bank filiali menejeri aniqlandi
13:41 / 02.10.2024
Dehqonning “uyi kuydi”: Kegeylida 14 gektar pishay deb turgan sholi dalasi buzib tashlandi
19:46 / 30.09.2024