Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tereza Mey Iroq bosh vazirini IShID ustidan erishilgan g‘alaba bilan tabrikladi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey iroqlik hamkasbi Haydar al-Obodiyni Iroq hududining IShID jangarilaridan ozod qilinishi bilan tabrikladi.
“Birlashgan Qirollik nomidan men bosh vazir al-Obodiy va Iroqning barcha fuqarolarini bu tarixiy on bilan tabriklayman. Iroq xavfsizlik kuchlari ko‘rsatgan jasorat va keltirgan qurbonliklariga tan beraman”, deb aytgan Mey Britaniya hukumati saytidagi bayonotida.
Mey, shuningdek, Buyuk Britaniya Iroqqa yordam bergani, 60 ming iroqlik askarni o‘qitgani va yordam ko‘rsatish uchun millionlab funt sterlinglar ajratganini qayd qilib o‘tgan.
Avvalroq Haydar al-Obodiy IShID mag‘lub etilgani va jangarilar bilan urush yakunlanganini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
10:10 / 15.07.2026
AQSh Iroq–Suriya neft quvurini qayta tiklashni rejalashtirmoqda
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026