Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus» «Inter» bilan o‘yinda tarixiy seriyasini to‘xtatdi
Italiya A Seriyasining 16-turida markaziy bahs «Yuventus» va «Inter» o‘rtasida kechdi. Turinda kechgan bahsda hisob ochilmay qoldi - 0:0.
Maydon egalari o‘yinda ustunlik qilishdi va ko‘proq golli vaziyatlar yaratishdi. Ammo hujumchilar vaziyatlardan foydalana olishmadi.
Endi «Yuventus» 38 ochkosi bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda, «Inter» 40 ochko to‘plagan holda peshqadamlikni davom ettirdi. Bu jamoada shuningdek, mag‘lubiyatsiz seriya saqlanib qoldi.
«Yuventus» esa bu natijadan keyin tarixiy seriyasini yakunladi. Jamoa ichki chempionatda 44 o‘yindan beri maydonni golsiz tark etmayotgandi.
Oxirgi marta «Yuventus» 2015 yil avgustida «Udineze» darvozasiga yo‘l topa olmagandi.
Tur doirasidagi yana bir o‘yin «Kalyari» – «Sampdoriya» o‘rtasida kechdi va unda 2:2 hisobi qayd etildi.
Italiya chempionati
16-tur
Yuventus – Inter 0:0 (0:0, 0:0)
Yuventus – Shchensni, De Shilo, Benatiya, Kellini, Asamoa, Xedira (Dibala, 75), Pyanich (Bentankur, 85), Matyuidi, Kuadrado, Iguain, Mandjukich.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Shkrinyar, Miranda, Santon (Dalbert, 63), Vesino, Valero, Kandreva (Galyardini, 69), Brozovich, Perishich, Ikardi (Eder, 86).
Ogohlantirishlar: Benatiya (27), Brozovich (29), Iguain (39), Perishich (40), Santon (61), D`Ambrozio (87), Vesino (90).
Kalyari – Sampdoriya 2:2 (0:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 11 Kualyarella, 0:2 – 19 Kualyarella, 1:2 – 56 Farias, 2:2 – 60 Pavoletti.
Kalyari – Krano, Romanya, Cheppitelli (Pizakane, 4), Andreolli, Farago (van der Vil, 33), Dessena (Farias, 40), Chigarini, Ionitse, Padoin, Joao Pedro, Pavoletti.
Sampdoriya – Viviano, Bereshinski, Silvestre, Ferrari, Murru, Barreto, Torreyra, Prat, Ramires (Kaprari, 70), Kualyarella, Sapata (Kovnatski, 89).
Ogohlantirishlar: Ionitse (28), Farias (67), Chigarini (84).
Mavzuga oid
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
14:09 / 09.02.2026
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Inter», «Bavariya» va «PSJ» raqiblarini yo‘q qilmoqda
12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi
12:21 / 01.07.2025