11:23 / 11.12.2017
13787

Fotolavha: Berlin kelajak aeroportining afsonasi davom etmoqda

Germaniya poytaxti Berlin shahriga 1989 yil GDR va GFR mamlakatlari birlashganidan so‘ng ko‘p o‘tmay yana bir yirik xalqaro aeroport zarur ekani ma'lum bo‘ldi. Shu sababli zudlik bilan loyihalashtirish ishlari olib borildi va yangi aeroport 2012 yil iyunida foydalanishga topshirilishi kerak edi. Biroq havo bandargohining ochilishi 6 yildan beri ortga surib kelinmoqda. 

OAV ochilish marosimini keng yoritishga tayyorgarlik ko‘rayotgan, Germaniya kansleri Angela Merkel va boshqa faxriy mehmonlar unda ishtirok etishi kutilayotgan, Lufthansa kompaniyasi o‘sha vaqtda xarid qilgan yangi Airbus A380 samolyotini bu yerga keltirishga ham ulgurgan edi. 

Foto: Getty Images

Ammo so‘nggi lahzalarda kutilmagan xulosaga kelindi. Germaniya zamonaviy arxitekturasining javohirlaridan birining ochilishi texnik sabablarga ko‘ra qoldirildi. 

Foto: Getty Images

Havo laynerlari va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi terminal bir marta bo‘lsin xizmat ko‘rsatishga ulgurmadi. 

Foto: Getty Images

Berlin Brandenburg Airport qurilishi hamon davom etmoqda. Bu holat muhandislik ishlari yuksak cho‘qqiga chiqqan davlatda yuz berayotgani esa, kishida taajjub uyg‘otmay qolmadi. 

Foto: Getty Images

Ma'lum bo‘lishicha, aeroport yong‘in xavfsizligi tizimida yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xato uning ochilishini 6 yildan beri ortga surib kelmoqda. Yong‘in yuz bergan vaqtda tutun terminalning yuqori qismiga emas, past qismiga nasos orqali yuborilishi konstruktorlar diqqat qaratmagan jihat bo‘lib turibdi. 

Foto: Getty Images

Lekin bu hali hammasi emas edi. Vaqt o‘tishi bilan boshqa ko‘plab muammolar ko‘zga tashlana boshladi. Yuqori haroratga dosh berolmaydigan simlar, kalta eskalator, bino tom qismidagi xatolar ba'zilaridir. 

Foto: Getty Images

Umuman olganda qurilish ishlari belgilangan talablarga javob bermagan holatda bajarilgan. 

Foto: Getty Images

Bundan tashqari 7 mlrd dollar sarflangan ammo ishga tushmagan aeroport qurilishida korrupsiya alomatlari ham ko‘zga tashlanmoqda. 

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

 

Mavzuga oid
Top