21:09 / 11.12.2017
30227

Fotoreportaj: Adiblar xiyoboniga yana 3 shoir haykali ko‘chirildi

Toshkentning Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘ida Adiblar xiyobonini barpo etish va unga shaharning turli hududlaridagi haykallarni ko‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 18 apreldagi qarori bilan amalga oshirilmoqda. 

Ayni vaqtda taniqli tilshunos olim va jamoat arbobi Ozod Sharofiddinov, O‘zbekiston xalq shoirlari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va Muhammad Yusuflarning xotira majmualarini tashkil etish borasida ishlar qizg‘in davom etmoqda. 

Bundan tashqari, shoir Hamid Olimjon va shoira Zulfiya xonim, yozuvchi, akademik G‘afur G‘ulom haykallarini ko‘chirish hamda belgilangan majmualar hududida o‘rnatish ishlari amalga oshirildi. Hozirda majmualar atrofini obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda. 

Shu bilan birga xiyobonda yozuvchilar Oybek, Abdulla Qahhor, Said Ahmad va shoira Saida Zunnunovalar yodgorlik majmualari qurib bitkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1991 yili Milliy bog‘ hududida shoir Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan edi. Prezident qarori bilan Adiblar xiyobonida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi qurib foydalanishga topshirish belgilangan. 

Top