Toşkentdagi Milliy boğ hududiga tutaş maydonda dunyoda maşhur The Ritz-Carlton mehmonxonasi qurilyapti, quruvçi kompaniya ham xorijdan. U yerda dastlab 12 tup daraxt kesilib, tabiatga 351 mln sömlik zarar yetkazilgani ma’lum qilingandi. Kuni keça bölib ötgan jamoatçilik eşituvida investor tomoni 10 ta daraxt köçirilgani, 2 ta örik daraxti esa ruxsatsiz kesilganini aytdi.
Toşkentdagi Milliy boğ xiyoboni yonidagi The Ritz-Carlton mehmonxonasining quriliş jarayonida 2 ta daraxt kesilgan va 10 ta daraxt köçirilgan. Ularni uşbu investor bilan hamkorlikda işlagan noma’lum MÇJ ruxsatnomasiz amalga oşirgan. Hatto investorlarning ham bundan xabari bölmagani, ekologlar sabab bilişgani aytildi. Avvalroq bu yerdagi 12 ta daraxt ildizi bilan qöporib taşlangani jamoatçilikni junbişga keltirgan va Ekologiya qömitasi 351 mln sömlik zarar yetkazilgani, iş Boş prokuratura nazoratiga ötkazilişini aytgandi.
4 mart kuni quriliş kompaniyasi ötkazgan jamoatçilik eşituvida Kun.uz mazkur masalaga oydinlik kiritişni söradi. Investorga köra, quriliş hududida işlaş uçun noma’lum MÇJ (investor bunga oydinlik kiritmadi) bilan şartnoma tuzilgan, ammo ular özboşimçalik bilan daraxtlarni kesgan va köçirgan. Buning uçun kompaniya ularni sudga berişini aytdi.
“Biz yollagan MÇJ 2 ta örik daraxtini kesgan va buni yaşirişga harakat qilgan. Biz ular bilan agar biror daraxt köçirilsa yoki loyihamiz doirasida biror iş amalga oşirilsa, bu haqda qöriqlaş xizmatiga, texnika xavfsizligi bölimiga va bizga oldindan xabar berişlariga kelişgan edik. Uşbu MÇJga nisbatan sudga murojaat qilamiz.
Köçirib ötkazilgan barça daraxtlar böyiça, ularning notöğri harakatlari sabab biz körgan barça xarajatlar, şuningdek, qöllangan jarimalar ham kompaniya zimmasiga yuklatiladi. Özbekistonga vayron qiliş yoki tabiatga zarar yetkaziş uçun kelmaganmiz. Ekologiya boşqarmasi bilan muzokara ötkazdik — bizga Dendropark hududidan joy ajratiladi. Kesilgan 2 ta daraxt örniga 200 ta daraxt ekib beramiz. Ekologiya boşqarmasi loyihadagi vaziyatdan kelib çiqib, zarar miqdorini 351 million söm deb baholadi.
Barça ruxsatnomalar va zarur hujjatlarni biz yollagan MÇJ olişi kerak edi. Biz ularga işonçnoma bergan edik. Ariza topşiriş, Botanika boğidan mutaxassis çaqiriş va boşqa jarayonlarni şartnomaga muvofiq ular bajarişi, köçirib ötqazilgan daraxtlarni bizga topşirişi kerak edi. Ammo yöl yarmida bildikki, birinçidan, ular ruxsat olmagan, ruxsat oliş uçun murojaat ham qilmagan. Heç kimni taklif ham qilmagan”, dedi PD Estates MÇJ XK ma’muriy menejeri Kamal Xudaguluyev.
















