Tadbirkor Jahongir Ortiqxöjayev bugun, 1 fevral kuni Termiz şahrida tajribali işbilarmonlar va yoş tadbirkorlar iştirokida bölib ötgan “Biznes marafon”da iştirok etdi.

Toşkent şahrining sobiq hokimi berilgan savollardan biriga javob berarkan, özining 7 ta katta aktivi, xususan poytaxt markazidagi Magic City majmuasini sotganini aytdi.

“Yana bitta yaxşi praktikamni aytib beraman, ruxsat bersanglar. Köpçilikka aytmagandim, mayli, aytvoraman. Turklarda “özingni töporilavol” degan narsa bor, ya’ni özingni yiğiştirib ol. Men esa har 5 yilda özimni yiğiştirib, “tozalab” olişga harakat qilaman. Men 7 ta kompaniyamni sotdim.

Crafers'ni sotdim, çunki bu sohada obro‘ qozona olmadim, oziq-ovqat işlab çiqarişni eplay olmaydim. Mediapark'ni hamma magazinlari bilan sotdim – kim işlayotgan bölsa, öşanga sotdim. Ecobozor'ning bittasini sotdim. Akfa Lightinğni sotdim. Magic City'ni sotdim. Basalt'ni ham nemislarga – Knauf'ga sotdim. Aytmoqçimanki, 5 yilda özimni özim bir “tozalab” olaman. Kerak emasmi, unga qiziqmayapmanmi, unga pul tikmayapmanmi – sotaman. Va yana boşqa oçaveraman. Yaxşisini olib qolib rivojlantiraman, qolganlarini tozalab taşlayveraman.

Masalan, Akfa Lightinğga 15 yil vaqtim ketdi, umrim ketdi, lekin bundan keyin men lampoçka bilan, “vklyuçatel” bilan şuğullanmoqçi emasman, şunçaki xohlamayman xolos. Kerak emas narsadan qutulib turiş kerak”, – dedi Ortiqxöjayev.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Eslatib ötamiz, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy boği 2017 yil sentabr oyida yangi boğ quriş uçun yopilgan, 2021 yil örtalariga kelib bu yerda Magic City majmuasi oçilgandi.

“Intellektual mulk” axborot-qidiruv tizimidagi ma’lumotlarga köra, “Magic City” savdo belgisini 2020 yil 27 sentabrda Jahongir Ortiqxöjayevga tegişli “J-United Group” MÇJ röyxatdan ötkazgan. Ayni paytda bu savdo belgisiga nisbatan huquqlar “Stargate Systems” MÇJga tegişli.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 sentabrdagi