Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ov davom etadi». Xitoyda juda katta amaldor poraxo‘rlikda gumonlanmoqda
Xitoy Yuqori xalq prokuraturasi Chuntsin shahri partiya qo‘mitasi sobiq kotibi, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi sobiq a'zosi Sun Chjentsayga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘adi hamda dastlabki tergovni boshladi. U poralar olishda gumonlanmoqda.
Bu haqda «Sinxua» prokuratura bayonotiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, prokuratura gumonlanuvchiga nisbatan «majburlash chorasi»ni ham qo‘llagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 oktabr kuni Xitoyda korrupsiya bilan kurashuvchi eng asosiy amaldor lavozimini tark etishi xabar berilgandi. Si Tszinpinning muhim ittifoqchisi, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kampaniyaga rahbarlik qilgan Van Tsishan Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi yangi tarkibidan joy olmagandi.
Mavzuga oid
21:17 / 07.06.2026
Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda
08:04 / 06.06.2026
Sun’iy yo‘ldoshlar Xitoyning noodatiy suvosti kemasini aniqladi
08:35 / 05.06.2026
O‘zbekistonda Xitoyning yangi internet provayder zonalari paydo bo‘ladi
08:22 / 05.06.2026