Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Anqaraga ishchi tashrif bilan keldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Anqaraga keldi. Bu yerda u turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Kreml matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Putin va Erdo‘g‘an ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, jumladan, energetika sohasidagi yirik qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishini muhokama qilishmoqchi.
Bundan tashqari, Putin va Erdo‘g‘an muhim xalqaro muammolar, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyat va Suriyaning tartibga solinishi bo‘yicha fikr almashadilar. O‘tgan hafta Putin Suriyada IShID to‘liq yakson qilinganini e'lon qilgandi.
Erdo‘g‘an matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, Rossiya va Turkiya yetakchilari ayni kunlarda dolzarb masalalardan biriga aylangan – Al-Quds muammosini muhokama qilishadi.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026