Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yoshlari Para-Osiyo o‘yinlarida suzish bo‘yicha ikkita oltin medalni qo‘lga kiritishdi
8-14 dekabr kunlari Dubay shahrida yengil atletika, suzish va pauerlifting sport turlari bo‘yicha Yoshlar o‘rtasida Para-Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur musobaqaning ilk kunlaridanoq hamyurtlarimiz sportning suzish turi bo‘yicha ishtirok etib, O‘zbekiston hisobiga 2 ta oltin medalni kiritishdi. Bular:
Abduraimov Muhammad - 100 m (batterflay) (1:02.20)
Yangiboyev Akbar - 100 m (chalqancha) (1:12.86)
Mazkur yoshlar Para-Osiyo o‘yinlarida 30 davlatdan 800 nafarga yaqin sportchi 7 paralimpiya sport turi bo‘yicha bahs olib bormoqda. Shulardan 17 nafari O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasidan bo‘lib, vatanimiz sharafini munosib himoya etishmoqda.
Mavzuga oid
11:10 / 01.07.2026
O‘zbekiston aholisining 38,5 foizi hali 20 yoshga to‘lmagan
12:54 / 30.06.2026
Shavkat Mirziyoyev faol yoshlar bilan uchrashdi
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026