Öquv yili yakunida Toşkentdagi maktablardan birida intizomsiz öquvçini kaltaklagan öqituvçiga jinoiy iş oçildi, lekin yakunda u aybsiz deb topildi. Tarmoqlarda kimdir öqituvçini qoraladi, kimdir esa öquvçi va uning ota-onasini.

Kun.uz şu maktab direktori va jamoatçilik faollari iştirokida bu kabi holatlarga olib kelayotgan sabablarni muhokama qildi.

Suhbatda Mirzo Uluğbek tumanidagi 275-maktab direktori Mavluda Nasriddinova, pedagoglar Şokir Tursun va Hamid Sodiq hamda huquqşunos Abdurahmon Taşanov iştirok etişdi.

“Öqituvçining qölida riçag yöq”

Şokir Tursun pedagogik nuqtayi nazardan öqituvçining harakatini oqlab bölmasligini, lekin röy bergan holat tizimli muammoning oqibati ekanini ta’kidladi.

— Pedagog sifatida vaziyatga munosabatim – öqituvçi xato qildi. Buni oqlab bölmaydi. Ikkinçi tomon ham xato qildi. Öqituvçi ham, öquvçi ham jazo olişi kerak edi.

Hozirgi kunda öqituvçini qölida ayrim “riçagça”lar bor. U nima qilişi mumkin? Içki işlar xodimini çaqiriş mumkin. Öquvçi tinimsiz ravişda topşiriqlarni bajarmaganda, yomon baho qiyişi mumkin. Lekin bu ikkalasini qilgandayam tayoq özining boşida sinadi. Birinçi navbatda “RayONO” çiqadi tumanning obrösi, tarmoqqa çiqmasligi uçun. Öqituvçi qaytarib olişga majbur böladi arizani. Agar qaytib olmasdan prinsipda turadigan bölsa, unga bosim boşlanadi. Iş bölgan joyda har qanaqasiga kamçilik topiş mumkin. 2 baho qöyadigan bölsa: bu ikkilar hozirgi amaldagi yangi baholaş tizimi böyiça heç qayoqqa ötmaydi. Ya’ni bu riçag ham qöldan ketdi va endi tayoq qoldi. Sabr kosasi tölgan paytda tayoq işlatyapti.

Jamiyatimiz şuni tuşuniş kerak, tizim öqituvçini şunga olib borib qöydi. Tizim öqituvçining qöliga intizomsiz bolalarga qarşi heç qanday riçag bermayapti yoki tizimning özi riçag vazifasini ötamayapti. Rivojlangan davlatlarda tizimning öz riçagi bor, öqituvçi bunaqa vaziyatlarda faqat bolaning intizomsizligi haqida xabar beradi, qolganiga aralaşmaydi, qolganini tizim bajaradi. Ota-onani çaqiriş, içki işlarga olib boriş – hammasini tizim bajaradi.

“Bolaga ota-onasining ham sözi ötmayapti”

Maktab rahbari Mavluda Nasriddinova muammoning ildizlaridan biri sifatida oilaviy muhit va ajrimlar köpayganini qayd etdi.

— Hozir öquvçilarimiz orasida şunaqa qizlar bor: umuman maktabga kelişni xohlaşmaydi. 15-16 yoşdan umuman maktabga kelişmaydi. Ular maktabdan taşqarida özlariga iş topib olişadi, biz mahalla, IIB bilan tuşuntiriş işlari olib boramiz. Ota-onani çaqirgan taqdirdayam, ularniyam kuçi yetmaydi. Ota-ona faqat bolasiga qarab turadi, unga ta’sir ötkaza olmaydi.

Hozir köp bolalarda ota-onaga böysuniş yöq. Buning sabablaridan biri – bugungi kunda ota-onalar örtasida ajrimlar juda köp. Bunga alohida qaraşimiz kerak. Hozirgi kunda özbek oilalarining orasida qonuniy ajraşmasdan turib boşqa-boşqa bilan yaşab yurganlar oz emas, buniyam oçiq gapiriş kerak. Bu narsani voyaga yetib, tarbiya olib kelayotgan bolalar oilada köryapti. Otasi boşqaga uylanib olyapti, onasi boşqaga erga tegib olyapti. Bola qaysi biridan tarbiya olsin? Ota-onaning özi farzandining oldida tili qisilib qolyapti köp hollarda. Ilgari bunaqa holatlar kam bölgan. Oxirgi 10 yilda juda köpayib ketdi.

Ilgari qaysidir sinfda ajraşgan oilaning farzandi bölsa, vahima bölardi, pedagogik jamoa bolaga rahmi kelib, unga boşqaça qarardik. Hozir esa bitta sinfga kirsangiz, 35-36 öquvçidan teng yarmining ota-onasi ajraşgan. Ba’zi joylarda otalar öz farzandi qolib keyingi olgan xotinining bolalarini boqadi. Öz zurriyodini boqmaydigan otalar bor.

“Bolalar bilan boğliq jiddiy axloqiy masalalar bor”

Pedagog va huquqşunos Hamid Sodiqning fikriça, jamoatçilikka çiqib qolgan mojarolar – maktablardagi haqiqiy muammolarning faqat körinayotgan qismi xolos.

— Hozir butun dunyoda ta’limda krizis bor. Ma’lumki, ta’limning markazida bilim beriş turadi, lekin hozir maktabdan taşqarida ham bilim oliş imkoniyati juda keng: axborot asrida bola darsga kelmasdan ham bilim ola oladi. Hatto maktabning iştirokisiz bolalar fan sertifikatlarini olib, oliy ta’limga ham kira olişadi. Bundan taşqari, masalan ota-onamga dars bergan öqituvçilar menga ham dars ötişgan. Hozir esa öquvçi bilan öqituvçining yoş farqiga qarang, ular deyarli bir avlod. Şu kabi omillar öquvçilar köz öngida öqituvçining statusi pasayişiga olib kelyapti.

Qolaversa, prezident maktablari taşkil etilgani va xususiy maktablar köpayib borayotgani hisobiga, oddiy davlat maktablarida bilimi, axloqi va dunyoqaraşi böyiça yuqori turuvçi elitar bolalar uluşi kamayyapti. Ular sinflardagi mötadillikni ta’minlab berardi. Öqituvçilar boşqa öquvçilarga ularni misol qilib keltira olardi. Prezident maktablari kerak, men ular oçilganini tanqid qilmoqçi emasman, lekin bu ma’lum bir oqibatlarni vujudga keltiryapti.

Ikkinçi tölqin ta’siriga kelsak, elit maktablar va xususiy maktablarda yaxşiroq oylik tölanişi va şaroitlar yaxşiligi hisobiga, malakasi yuqoriroq öqituvçilar ham tabiiy ravişda oddiy maktablardan çiqib ketyapti.

Internetga çiqayotgani – maktabdagi holatlarning aslida bir foizi ham emas. Maktablarda bolalar bilan boğliq şunday dahşatli jinoyatlar, axloqiy masalalar bor. Köpinça bu masalalar aytilmaydi, heç kim buni eşitgisi kelmaydi. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar va direktor, sinf rahbari biladi xolos.

“Huquqiy nigilizm közga taşlandi”

Abdurahmon Taşanov maktab ta’limi va umuman yoşlar hayotiga oid sifatli sotsiologik tadqiqotlarga katta zarurat borligini aytdi.

— Öqituvçilar va öquvçilar örtasida çiqayotgan mojarolar – zanjir reaksiyasiga öxşaydi. Çunki öqituvçilar ham öz vaqtida ayrim mansabdorlar tomonidan kamsitilgan, huquqlari poymol qilingan holatlar köp böldi. Natijada zanjir reaksiyasi, ya’ni avval öqituvçining özi “kaltak yeydi” va orqasidan bevosita öziga tobe bölgan öquvçiga qöl kötaradi.

Ikkinçidan, bu – öqituvçiga emas, tag-zamirida ilmga bölgan munosabat yotibdi. Agar bizda jamiyatdagi şunaqa muammolarni örganadigan, tahlil qiladigan sotsiologiya institutlari, nodavlat taşkilotlari, jamoat birlaşmalari bölganda, öziga yaraşa diagnozlar qöysa bölardi.

275-maktabdagi holatni körib turibmiz, bunaqa holat bilan uzoqqa borib bölmaydi. Öquvçini urdi, iş qözğatildi, jamoatçilik fikr bildirdi, keyin jinoyat işi tugatildi va jamoatçilik yana xursand böldi. Aslida bu yerda huquqiy nigilizm bor: haqiqatdan çora körilişi kerak bölgan insident sodir böldi, tan jarohati bilan boğliq masala bor, lekin iş tugatildi.

Muammo bu bilan tugamaydi. Boşqa maktablarda bu narsa davom etaveradi. Çunki biz hozir ijtimoiy depressiya davridamiz: narx-navolar oşişi, iqtisodiy muammolar köpayişi, aholi örtasidagi tabaqalaşuv, ta’limdagi muammolar va boşqa kompleks masalalar bor. Şu fonda bu qayta-qayta yuzaga kelaveradi. Bugun Toşkentda bölsa, ertaga Farğonada yoki boşqa joyda böladi. Bu muammolar ilgariyam bölgan, lekin hozir OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda nisbatan erkinlik bölgani uçun bular bizga köproq körinyapti.

Suhbatni töliq şaklda Kun.uz'ning YouTube-kanalida, video orqali tomoşa qilişingiz mumkin