Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilda ijtimoiy sohani moliyalashtirishga juda katta mablag‘ ajratiladi
2018 yilda, xuddi avvalgi yillardagi kabi, xarajatlarda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ustuvorlik saqlanib qoladi. Shu tariqa, ijtimoiy sohani moliyalashtirishga 34,7 trillion so‘m (4,2 mlrd dollar)ni yo‘naltirish mo‘ljallanmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 9 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari, soliq va byudjyet siyosati konsepsiyasi hamda kelasi yil uchun Davlat byudjyetini muhokama qilishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishida ma'lum qilindi.
2018 yilga byudjyet parametrlarida qabul qilingan davlat dasturlarini amalga oshirish uchun mablag‘lar nazarda tutilgan bo‘lib, bunga 8,5 trillion so‘m (1 mlrd dollar)ni yo‘naltirish taklif etilmoqda.
Ta'kidlanishicha, uy-joy-kommunal ishlarga xarajatlar 228,6 milliard so‘m (28 mln dollar)ni tashkil etadi, jumladan, ko‘p qavatli uylarga yaqin bo‘lgan hududlarni obodonlashtirishga 47,2 milliard so‘m (5,8 mln dollar), ko‘p qavatli turar-joy fondida lift qurilmalarini ta'mirlash va almashtirishga – 22,4 milliard so‘m (2,7 million dollar) yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
16:04 / 27.02.2026
Qurilishda hajmni yashirishga chek qo‘yish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqildi
21:00 / 11.01.2026