Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi badavlat va nochor odamlar turmushi o‘rtasidagi tafovutlar suratlarda
Asli janubiy koreyalik suratkash Kim Kyon-Xun Reuters agentligida faoliyat yuritadi. U o‘z ishini harbiy zonalar, qashshoq mamlakatlar va boshqa xavfli sharoitlarda bajaradi. U odamlarga haqiqatni ko‘rsatish uchun xavfsiz, qulay joylarni emas, murakkablarini tanlagan. Quyida suratkashning Xitoyda yashovchi badavlat va nochor odamlar turmushi o‘rtasidagi tafovutlar ko‘rsatilgan taqqosiy fotojamlanmasi taqdim etiladi.
"Men bir-biridan tubdan farq qiluvchi odamlar hayotini ko‘rdim: ko‘chada kun ko‘ruvchilardan to prezidentlar va bosh vazirlargacha, qizil yo‘lakcha bo‘ylab harakatlanuvchi hashamdor Hollivud yulduzlaridan to radioaktiv nurlanish qayd etilgan iflos hududlargacha".
Mehmonlar har yili Kaliforniyada o‘tkaziladigan dunyodagi eng nufuzli - hashamatli, noyob va qimmatbaho mashinalar ko‘rgazmasida qadimiy Rolls-Royce avtomobillarini ko‘zdan kechirishmoqda.
Pekinlik kishi oila a'zolarini uch g‘ildirakli elektrovelosipedda tashimoqda
Arzonligi va ayniqsa, yo‘llardagi tirbandliklar sabab velosiped eng mashhur transport turiga aylangan. Xitoydagi ko‘plab muassasalar oldida velosipedlar uchun maxsus jihozlangan turargohlarni ko‘rish mumkin.
Pekindagi yaxshi ta'minlangan oila farzandining baxtli va betashvish bolaligi
Nochor odamlarning farzandlari kommunal kvartiraning hech qanday qulayliklarga ega bo‘lmagan tor xonasida
Xitoylik jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bir bolani dunyoga keltirib, uni oyoqqa qo‘yish uchun kamida 300 ming dollar kerak bo‘lar ekan. Bu summani ishlab topish uchun Xitoydagi o‘rtahol oila yeguliklardan voz kechib, 23 yil pul yig‘ishi kerak bo‘ladi.
2015 yilda "Bir oila — bir bola" qonuni bekor qilingan bo‘lsa-da, yosh oilalarning aksariyati ma'lum sabablarga ko‘ra bu erkinlikdan foydalanishga shoshilayotgani yo‘q.
Odamlar Pekindagi besh yulduzli mehmonxonada qahva ichishmoqda
Pekindagi migrant-ishchilar yashovchi joyda tushlik qilayotgan oilalar
Xitoy oshxonasi juda foydali, shu bois xitoyliklar — sog‘lom millat hisoblanadi. Barcha taomlardagi tuz o‘rnini xushbo‘y o‘tlar va soya sousi egallagan. Shakar o‘rniga - yeguliklarga qo‘shiluvchi shirin ildizlar va mevalar. Baliq, go‘sht va sabzavotlarni klyarda tayyorlashadi. Non o‘rniga - tuzsiz guruch.
Shuning uchun hatto aholining u qadar boy bo‘lmagan qatlami ham doim sifatli bo‘lmasa-da, o‘zi uchun foydali ratsion tuzish imkoniga ega.
Shuba kiygan ayol qo‘lida kuchukchasi bilan aeroportdagi kitob do‘konida
It migrant-ishchilar yashovchi hududdagi chiqindilar qutisidan yegulik axtarmoqda
Savdo majmuasidagi jahon brendlaridan iborat lyuks-do‘konlar
Migrant-ishchilar yashovchi hududdagi mahalliy do‘kon
Pekindagi yangi ko‘p qavatli turar-joy
Pekin chekkasidagi 90-yillarda qurilgan ko‘p qavatli uy
Oshpazlar Pekindagi badavlat dahada joylashgan restoranda taom tayyorlashmoqda. Odamlarning tushligiga o‘rtacha 60-80 dollar ketadi
Ko‘cha savdogari o‘zining yarim vayron dahasidagi restoranida lag‘mon tayyorlamoqda. Erkaklar taxminan 1,60 dollarlik summaga tushlik qilishadi.
Ayol shaharning boy va tijoriy tumanida iti bilan sayr qilmoqda
Erkak yarim vayron bo‘lgan eski turar-joylar bo‘ylab harakatlanmoqda
Buyuk Britaniya va AQShda uy-joy narxi asta-sekin tushayotgan bir vaqtda Xitoyda ko‘chmas mulk bahosi boshqa mamlakatlarga nisbatan shiddat bilan o‘sib bormoqda. Bu sarmoyadorlar va xorijiy xaridorlarni jalb qilmoqda, shaharlarda qurilishlar faol olib borilmoqda
Xitoyliklarning o‘zi esa uy-joy xarid qilishga moliyaviy jihatdan qiynalishadi
Pekindagi Birinchi qariyalar uylarini ijtimoiy himoyalash instituti vakili qariyalar uyidagi yotoqxonasida
Keksa yoshli kishi nochorlar dahasidagi uyi oldida nogironlar aravachasida
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026