Jahon | 15:20 / 13.12.2017
6849
2 daqiqa o‘qiladi

7 yilda ilk marta. AQSh armiyasi sonini oshiradi

Foto: RIA "Novosti"

AQSh 2018 yilda yetti yil ichida birinchi marta harbiy xizmatchilar sonini oshiradi. Bu haqda prezident Donald Tramp ma'lum qildi.

"Harbiy byudjyet bizning asosiy qurol – askarlarimizga yirik investitsiyalarni nazarda tutadi", - deya uning so‘zlarini keltiradi Oq uy sayti.

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar yetakchisining ta'kidlashicha, keyingi yilda harbiylar maoshini sakkiz yil ichidagi eng yirik miqdorda oshirish rejalashtirilgan.

AQSh qurolli kuchlari umumiy soni bugungi kunda taxminan 1,4 million harbiyni tashkil etadi, shuningdek, 684 ming oddiy fuqarolar ham xizmat olib boradi. 990 mingdan ortiq kishi zaxirada qayd etilgan.

Avvalroq Tramp 2018 yilgi AQSh mudofaa byudjyetini imzolagandi. Vashington mudofaa maqsadlariga 692 milliard dollar ajratadi, shu bilan birga, 4,6 milliard dollar Moskvani “bosib turishga” va Yevropadagi “Rossiya tajovuzkorligiga” qarshi kurashga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, qonun loyihasi Rossiya Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikka qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi hamda Ukrainaga 350 million dollarlik harbiy yordamni nazarda tutadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid