Jahon | 23:00 / 13.12.2017
3426
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Turkiyadagi qochqinlar uchun 700 mln yevro ajratdi 

Foto: aa.com.tr

Yevropa Ittifoqi Turkiyadagi suriyalik qochqinlar uchun 700 mln yevro yo‘naltiriladigan ikki dasturni tasdiqladi. Bu haqda Yevrokomissiya ma'lum qildi. 

Shunga ko‘ra, Turkiyada ijtimoiy yordam dasturi doirasida suriyalik qochqinlar orasida taqsimlangan, Qizil Yarimoy jamiyati bank kartalariga yana 650 mln yevro o‘tkazib beriladi. 

Suriyalik qochqinlar 2019 yil boshigacha bu mablag‘lardan har oy foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Qolgan 50 mln yevro esa qochqinlarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash dasturlariga ajratiladi.

Turkiyada qochqinlar lagerlaridan tashqarida yashovchi suriyaliklar va hududiy qochqinlar ishlari boshqarmalarida qayd qilingan muhojirlar Qizil Yarimoy jamiyati kartalariga o‘tkazilgan mablag‘lardan foydalana oladilar. Kartalarga har oy oilaning har bir a'zosiga 120 turk lirasi (30 dollardan ko‘proq) o‘tkazib beriladi.

Mavzuga oid

E`lonlar