O‘zbekiston | 18:30 / 13.12.2017
176830
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar yangi yilda qatorasiga 5 kun dam olishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yilda dam olish kunlarini tartibga solishga oid farmon imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev feysbukdagi sahifasida yozgan.

Farmonda Yangi yil bayrami arafasida 5 kun ketma-ket dam olish kuni belgilanishi mumkin.

Ya'ni, 2 yanvar kuni dam olish kuni deb e'lon qilinadi, 6 yanvardagi dam olish kuni esa 3 yanvarga ko‘chiriladi. 

Shunda quyidagicha ketma-ket 5 dam olish kuni paydo bo‘ladi:
30-31 dekabr - shanba-yakshanba;
1 yanvar - Yangi yil bayrami;
2 yanvar - qo‘shimcha dam olish kuni;
3 yanvar - shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni.
O‘z navbatida, 6 yanvar, shanba kuni ish kuni deb, e'lon qilinadi.

Bu Farmon haftasiga rasman 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun taalluqli bo‘ladi. Shanba kuni rasman ishlaydigan xodimlar uchun esa 3 kun ketma-ket, ya'ni 31 dekabr va 1-2 yanvar kunlari dam olish bo‘ladi.

Shuningdek, mazkur farmon bilan qolgan bayramlar arafasida ham qo‘shimcha dam olish kuni e'lon qilish yoki ish kunini ko‘chirish evaziga ana shunday ketma-ket dam olish kunlari tashkil qilish nazarda tutilmoqda. Xususan:
8 mart arafasida 4 kun;
9 may arafasida 5 kun;
1 sentabr arafasida 4 kun dam olish kuni bo‘lishi mumkin.

Qurbon va Ramazon Hayiti bayramlarining kuni belgilanishiga qarab xuddi shu kabi ketma-ket dam olish kunlari e'lon qilinishi ham mumkin.

Mavzuga oid